"Al Jaish" - "Nasaf" 5:1, "ajdarlar" OCHL-2014 bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2014, 22:54
OCHL pley-off ikkinchi bosqichidan o'rin olgan "Al Jaish" va "Nasaf" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
OCHL-2014, 2-saralash bosqichi uchrashuvi
8 fevral, shanba
Al Jaish (Qatar) – Nasaf (O'zbekiston) 5:1
Gollar:
Ko Seulki 4, 27, 80, Nilmar 37, Abdurahmon Issa 49 - Sayfiev 77
Hakamlar:
Shtebre Delovski, Pol Adam, Natan Aleksandr(uchalasi Avstraliya), Mohd Nafiz bin Abdul (Malayziya).
"Al Jaish": 33. Ahmad Sofyan, 2. Murod Naji, 4. Anderson (s), 7. Vesam Riziq, 9. Nilmar, 10. Jires Kembo Ekoko, 14. Mohd Meznani, 17. Ko Seulki, 19. Abdurahmon Isa, 21. Ali Sanad, 29. Muhammad Muntari.
Zaxiradagilar:  91. Saud Muborak, 6. Rami FAyezi, 8. Yusuf Muftax, 12. Majid Muhammad, 18. Muhammad Jedo, 20. Vagner Ribeyro, 23. Xolid Alzereqi.

"Nasaf": 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom Shomurodov, 17. Artur Gevorkyan (s), 19, Igor Taran, 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 34. Farrux Sayfiev.
Zaxiradagilar: 1. Mixail Naumov, 10. Kenja To'raev, 14. Laziz Ubaydullaev, 23. Sherzod A'zamov, 29. Ulug'bek Dadaboev, 33. Odil Hamrobekov, 41. Azamat Allaniyazov.

Nazoratchi:
Yazbek Yazbek (Livan).
Komissar: Talal Ali Suaylemin (Iordaniya).


MATNLI TRANSLYATSIYA
O'yin tugadi. "Nasaf" OCHL-2014 bilan shu yerda xayrlashdi.
89-daqiqa.
Uchrashuv yakunlanib bormoqda. "Nasaf" bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqa olmasligi aniq bo'lib ulgurdi.
80-daqiqa. Gol!!! Ko Seulki xet-trikka erishdi. UNing uzoq burchakka yo'llagan zarbasini darvozabonimiz qaytarishga ojizlik qildi - 5:1

78-daqiqa. Goldan bir daqiqa o'tar-o'tmas Allaniyazov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib uzoq burchakka yo'llagan kuchli zarbasi ustunli tegdi...
77-daqiqa. Gevorkyanning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Sayfiev darvozaga yo'lladi - 4:1.
63-daqiqa. Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pi darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi.
62-daqiqa. Muhammad Muntari o'rniga Majid Muhammad maydonga tushdi..
61-daqiqa.
Ilhom Shomurodov o'rniga Kenja To'raev maydonga tushdi
55-daqiqa.
Uchrashuv teng kurashlar ostida kechmoqda.
49-daqiqa. Gol!! "Nasaf" jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Abdurahmon Issa boshi bilan darvozaga yo'lladi - 4:0
46-daqiqa.
Igor Taran o'rniga ikkinchi bo'limda Azamat Allaniyazov maydonga tushirildi
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 3:0
45-daqiqa.
Mezbonlarning tezkor hujumi Nilmarning jarima maydonchamiz ichidan uzoq burchakka yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi..
45-daqiqa.
Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
40-daqiqa.
O'yin surati biroz pasaydi.. mezbonlar to'pni o'zlarida saqlab qolishga harakat qilishmoqda..
37-daqiqa. Bu safar qarshi hujumda Nilmar tezkorlik bilan himoyachilarimizdan o'zib ketdi va uning zarbasidan keyin darvozadan joy oldi - 3:0
33-daqiqa.
Taran chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Raqib himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol etishiga bir bahya qoldi.
27-daqiqa. Yana chap qanotdan boshlangan hujumni "Al Jaish"ning janubiy koreyalik legioneri Ko Seulki samarali yakunladi - 2:0

25-daqiqa. Erkin Boydullaev maydon markaziga yaqin joyda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi.
20-daqiqa. Mezbonlarning chap qanotdan uyushtirgan hujumini Suyunov bartaraf etdi. Ko Seulki tomonidan yo'llangan takroriy zarba noaniq
18-daqiqa. Igo Taranga nisbatan qo'pollik va 17-raqamdagi Ko Seulki ogohlantirildi...
15-daqiqa. Murod Naji jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga Yusuf Mufta maydonga tushdi
14-daqiqa. Igor Taran yana 4-5 metr masofadan noaniq zarba berdi. Ikkinchi marta gol kiritish uchun Igorda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi.
10 daqiqa. Shomurodovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Jarima to'pi chap burchakka yaqin joyda o'yinga kirtildi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.
6 daqiqa. Igor Taran darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib to'pni boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. Yaxshi vaziyat boy berildi
4 daqiqa. "Al Jaish"ning koreyalik legioneri Ko Seulki jarima maydoni ichiga kirib kelib osonlik bilan hisobni ochdi - 1:0

4 daqiqa. Hisob ochildi. 1:0
21:00. UCHRASHUV BOSHLANDI!
20:55 Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia