PSJ prezidenti Nosir Al-Xelaifi "Milan" klubining xozirgi vice-prezidenti Adriano Galliani fransuz klubida ish boshlashi xaqidagi xabarlarni inkor etdi.
"Xozir bizga xech kim kerak emas. Galliani - ajoyib sardor, lekin unga bo'lgan ulkan xurmatimni saqlagan xolda, bugungi kunda u jamoamizga kerak emasligini ayta olaman, xolos", - dedi Al-Xelaifi.