"Al Taavun" bosh direktori "Paxtakor" rahbariyati bilan uchrashdi

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2022, 08:58
Chempionlar Ligasi guruh bosqichi start olishidan avval "Al Taavun" rahbariyati jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurdi.

"Al Taavun" bosh direktori Ali Abdulloh Al Shaiy boshchiligidagi mezbon klubi rahbariyati Chempionlar Ligasi bahslari Burayda shahrida o'tkazilayotganidan mamnun ekanini ta'kidlab, "Paxtakor"ni butun Osiyoda yaxshi bilishlari, bunday mashhur jamoaning ushbu shaharga kelganidan xursand ekanini bayon etdi. Turnirda jamoamizga omad tilagan holda tashkiliy ishlar yuqori darajada bo'lishiga mahalliy tashkiliy qo'mita imkon qadar harakat qilishini ta'kidladi.




O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/Pakhtakor_FC