"Al Nassr" yangi murabbiy topdi. Uni Ronaldu ko'ndirdi
Omonjon To`xtamirzayev
30 iyun 2023
"Botafogo" bosh murabbiyi Luish Kashtru "Al Nassr" boshqaruvini qo'liga oladi.
Ma'lum bo'lishicha, 61 yoshli murabbiy Saudiya Arabistoni klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Hamkorlik yana bir mavsumga uzaytirilishi ham mumkin.
Aytilishicha, Kashtruni "Al Nassr"ga kelishga klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu ko'ndirgan.