"Al Nassr" shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi

Alisher Ostonov
31 may 2025, 12:32
"Al Nassr" "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirayotgani, ammo kataloniyaliklarda moliyaviy muammolar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Dias 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali Diasning narxini 70 million evroga baholamoqda.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Goal