"Al Nassr" Feliksdan so'ng JCH g'olibini nishonga oldi

Alisher Ostonov
27 iyul 2025
Mark Kukurelya faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Marca xabariga ko'ra, "Al Nassr" "Chelsi" himoyachisini jamoaga o'tishga ko'ndirishga harakat qilmoqchi va "rad etib bo'lmaydigan" taklif tayyorlamoqda. Tarkibida Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan Saudiya klubi ispaniyalikni loyihaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylantirmoqchi.

Qayd etilishicha, Kukurelya faoliyatini APLda davom ettirishni istamoqda, "Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska esa uni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, ispaniyalik futbolchi klubning Ben Chiluelldan tashqari yagona chap qanot himoyachisi hisoblanadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca