Al Nassr 60 million evrolik transferni amalga oshirishga yaqin

Khoja
29 yanv 2025, 09:12
Al Nassr qishda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun katta pul sarflashga tayyorlanmoqda.

Saudiyaliklar Bayer hujumchisi Viktor Bonifasning transferi uchun 60 million evro to'lashga tayyor. Bu summa esa nemis grandiga maqul kelgan. Shuningdek, Al Nassr hujumchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi yiliga 15 million evro maosh oladi. Bu haqida insayder Florian Plettenberg ma'lum qildi.

Hujumchi joriy mavsum 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com