"Al Ittixod" va "Fenerbaxche" Zaani o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
2 iyun 2023, 13:55
"Kristal Pelas" hujumkor yarim himoyachisi Vilfrid Zaa klub bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.

Yozda futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin. Ingliz klubi Zaaga "Kristal Pelas" tarixidagi eng katta maosh belgilangan 4 yillik shartnoma taklif qilgan. Biroq Zaa uni qabul qilishga shoshilmayapti. 

Vaziyatni A Seriya klublari, "Fenerbaxche" va Karim Benzemani ko'ndira olmagan Saudiya Arabistonining "Al Ittixod" jamoasi kuzatib bormoqda hamda imkon tug'ilsa, Vilfridni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal.com