"Al Ittihod" Son Xyon Minni 60 million evroga sotib olishga tayyor

Alisher
20 iyun 2023, 08:10
“Tottenxem” jamoasi Son Xyon Min uchun “Al Ittihod”dan taklif oldi.

Saudiyaliklar Koreya terma jamoasi sardori uchun London klubiga 60 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'ziga esa yiliga 30 million evro berishmoqchi. Biroq London klubi bu taklifni qabul qilmasligi ham mumkin. 

Avvalroq “Al Ittihod” “Chelsi” yarim himoyachisi Kante bilan kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgandi.

 Eslatib o'tamiz, ushbu yozda Saudiya klubiga “Real Madrid” sardori Karim Benzema kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com