"Al Ittihod" "Navbahor"ga qarshi o'yin arafasida "Barselona" sobiq ruhshunosini ishga oldi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2024, 15:25
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubida yangi xodim ish boshladi.

Kuni kecha arablarning Namangandagi mashg'ulotlarida ispaniyalik ruhshunos Laia Viniksa ishtirok etib, zaxira o'rindig'ida kompyuteri bilan o'yinchilarning psixiologik holatiga oid tahlillar bilan shug'ullangan.

Kataloniyaning "Barselona" klubida faoliyat olib borgan Viniksa yanvarda ishga qabul qilindi va o'z faoliyatini jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi o'yin safaridan boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvi bugun soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Akhbarkora