“Al Ittihod” dunyo transfer rekordini yangilashga tayyor

Khoja
7 fev 2024, 08:15
“Al Ittihod” Muhammad Salohning transferini qo'lga kiritish uchun barcha ishni qilishga tayyor.

Saudiyaliklar futbolchi uchun ingliz jamoasiga 200 million funt (234 million evro) to'lashga tayyor. Agar bu kelishuv amalga oshsa, dunyo tarixidagi eng qimmat transfer bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Saloh “Liverpul” safida 2017 yildan beri harakat qilib keladi. U joriy mavsum 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi. Hozirda futbolchi jarohatini davolash bilan band.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com