"Al Ittihod" Benzema sabab murabbiyni iste'foga chiqardi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024, 18:24
"Al Ittihod" bosh murabbiyi Marselo Galyardoni hujumchi Karim Benzema bilan mojarosi tufayli ishdan bo'shatdi.

Bu haqda klub prezidenti Luay Nazer aytib o'tdi.

Oldinroq mutaxassis futbolchining munosabati – mashg'ulotlarga kechikib, o'z vaqtida kelmayotganidan norozi bo'layotgani aytilgandi.

"Galyardo Benzemani chetlashtirishni talab qilib, jiddiy xatoga yo'l qo'ydi, buni qabul qilib bo'lmaydi. Karim – Saudiya Arabistoni loyihasi va klubning muhim qismi. Bizda allaqachon almashtirish uchun 2-3 variant mavjud.

Mening asosiy maqsadlarimdan biri yozgi transferlarning aksariyatini "Al Ittihod"ning mavsumoldi yig'ini boshlanguniga qadar, yani 12 iyulgacha yakunlash", – dedi funkcioner.



Avvalroq "Al Ittihod" "Milan" sobiq bosh murabbiyi nomzodini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca