"Al Hilol" yirik transferni amalga oshirdi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024, 23:59
Braziliya vakili Saudiya Arabistoni grandiga qo'shildi.

Renan Lodi "Al Hilol"ning yangi futbolchisiga aylandi. "Atletiko"  sobiq futbolchisi, so'nggi vaqtlarda "Marsel"da o'ynab kelgan futbolchi Saudiya Arabistoni ligasi yetakchisi, yulduzlarga to'la jamoaga qo'shildi.



Lodi so'nggi 6 oy davomida "Marsel" sharafini himoya qildi. Bu vaqt ichida u Fransiya jamoasi safida 23 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.

Endi 25 yoshli himoyachi faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al Hilol” klubida davom ettiradi. U yerda u Neymar, Aleksandar Mitrovich, Ruben Nevesh, Malkom, Sergey Milinkovich-Savich, Kalidu Kulibali va Yassin Bunu kabilar bilan uchrashadi.

"Marsel" o'z futbolchisini sotishdan 23 million evro ishlab oladi.

Lodi yangi jamoasi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Al Hilol" chempionlik sari intilmoqda, 19 turdan keyin ular ikkinchi o'rindagi "Al Nassr"dan 7 ochko oldinda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alhilal.com