"Al Hilol" sobiq ustozi endi "Al Nassr"ni boshqaradi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2025, 23:43
Krishtianu Ronaldu o'ynaydigan klub portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezushni bosh murabbiy lavozimiga rasman tayinlaganini e'lon qildi.

Avvalroq "Al-Nasr" Stefano Piolini bo'shatgan edi.

Jezushning so'nggi klubi "Al Hilol" bo'ldi, u shu yilning may oyida jamoani tark etgan edi. Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvidagi klub Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi, "Al Nassr" esa turnir jadvalida uchinchi o'rinda mavsumni yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Al-Nassr