

Saudiya klubida bir qancha jarohatlar bor. Xususan, "Al Hilol" matbuot xizmati uch kun oldin jamoa hujumchisi Darvin Nunesning tizzasida og'riq borligi sabab mashg'ulotni tugata olmaganini va o'z yakka dastur bo'yicha fitnes markazi va tibbiy klinikada bo'lganini yozgandi. Futbolchi jamoasining so'nggi ikkita o'yinini o'tkazib yuborgan.
Kucha klub matbuot xizmati toz sonidagi sustavda og'riq borligi sabab Salim Al Dovsari ishtirok etmagani, yana bir o'yinchi Abdulloh Al Malki tizzasidagi og'riq sabab klubning klinikasida ko'rinish berganini yozdi.
Eslatib o'tamiz, Saudiya grandi 29 sentyabr kuni Qarshida "Nasaf" bilan bellashadi.



