

"L’Equipe" ma'lumotiga ko'ra, "Al Hilol" "Liverpul" sardori uchun yiliga 20 mln evro maosh taklif qilgan.
Niderlandiyalik futbolchi ushbu taklifni ko'rib chiqishini aytgan, biroq hozircha bunga javob qaytarmagan. U bor e'tiborini ushbu mavsumni yuqori notada yakunlashga qaratgan.
Van Deykning "Liverpul" bilan kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi. Futbolchi 2017/18 yilgi mavsumda "Liverpul"ga o'tgan va shundan buyon u 310 o'yinda qatnashib, 26 gol va 13 assist qayd etdi.



