

"Chelsi" ham, "Arsenal" ham, "Manchester Yunayted" ham forvardni 130 mln evro (tovon puli)ga xarid qilmoqchi emas va hattoki 100 mln taklif qilishga tayyor emas.
"Kanonirlar" nigeriyalikni 70 mln evroga xarid qilishga urinishdi, ammo neapolliklar bunga rozi bo'lishmadi. "Napoli"ga shuningdek futbolchilarning almashinuvi qiziq emas.
"Al Hilol" 130 mln evro evaziga Osimxenni xarid qilmoqchi. Saudiya Arabistoni klubi o'yinchi uchun katta maosh to'lashga tayyor. Ammo, hujumchi APLga yo'l olishga umid qilmoqda.




