“Al Faysali” Qarshiga kelishdan oldin g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018, 10:24
“Nasaf”ning OCHL-2018 pley-off uchrashuvidagi raqibi “Al Faysaliy” jamoasi, kecha Iordaniya premer-ligasi 12-turi doirasidagi uchrashuvni o'tkazdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvda raqibimiz “Al Yarmuk” jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda Amman shahri klubi 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi va turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilib olishdi. “Al Faysali” bu g'alabadan so'ng 3-o'rinni band etdi.

Uchrashuvdagi dastlabki golni 17-raqam ostida to'p tepadigan himoyachi Salim Alajalin 12-daqiqada urdi. Ikkinchi golni esa 37-daqiqada, 99-raqam ostida to'p tepadigan polshalik hujumchi Lukash Gikevich urdi.

"Al Faysali" o'yinni quyidagi tarkib bilan boshladi.

Darvozabon: 12.Yazid Abu Layli.
Himoyachilar: 19.Anas Bani-Yosin, 20.Anas Aljabarot 17.Salim Alajalin, 25.Yosir Alravashdeh.
Yarim himoyachilar: 
13.Xalil Bani-Adiyah, 10.Mahdi Alamix, 37.Mahmud Almardi, 7.Yusuf Alravashdi, 77.Alben Meha.
Hujumchilar: 99.Lukash Gikevich.

Klub rasmiy saytida “Al Faysali” 26 yanvar payshanba kuni O'zbekistonga jo'nab ketishi aytilgan.

"Al Faysali" Qarshiga keladigan kun ma'lum bo'ldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz