"Al Ahli" - "Lokomotiv". Mezbonlar safida yo'qotish bor

Narzulla Saydullayev
26 apr 2017, 13:02
Osiyo chempionlar ligasi 6-turida "Lokomotiv" klubi BAAda "Al Ahli" mehmoni bo'ladi.

Ushbu bahsda maydon egalarining senegallik hujumchisi Makete Diop sariq kartochkalari 2taga etgani uchun "Lokomotiv"ga qarshi o'ynay olmaydi.

Ma'lumot uchun, Diop bu mavsum OCHL doirasida 5ta uchrashuvda maydonga tushib 4ta gol urdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" - "Lokomotiv" uchrashuvi 9 may kuni Dubayda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia