

Unga ko'ra ajdarlar 1-turda Namanganda Navbahor jamoasi mehmoni bo'ladigan bo'ldi. Qarshiliklar yetakchilaridan biri Akmal Mozgovoy qur'a natijasi haqida o'z fikrini bildirdi.
“O'ylashimcha yangi futbol mavsumi oldingilariga qaraganda juda qiziq bo'ladi. Qur'a natijasiga ko'ra 1-turda Navbahor jamoasi bilan bellashamiz. Namanganda muxlislar bilan to'la stadionda futbol o'ynash qiziq bo'ladi. Aslida bizga raqib kimligini farqi yo'q. Oldingi mavsumlarda biz katta tajribaga ega bo'ldik. Biz kim bilan to'qnash kelishdan qatiy nazar o'z o'yinimizni namoyish etamiz. Biz har bir bellashuvga faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Chempionatni g'alaba bilan boshlab, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman”, - deydi Akmal Mozgovoy.



