Akbar Usmonov: "Chempionlik sari yo'l bugundan boshlandi"

Iskandarov Abdulaziz
27 sen 2022
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Akbar Usmonov Osiyo chempionati birinchi turidan o'rin olgan Turkmanistonga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Jarohati sababli o'yinda kamroq harakat qildim. Qolgan yigitlar mas'uliyatni o'z zimmalariga olishdi. Ilk uchrashuv ko'pincha bosim yuklaydi. Shunga qaramay, jamoadoshlarim dastlabki daqiqalardan tashabbusni qo'llariga olishdi. Bu esa qolgan daqiqalar bizning nazoratimizda o'tishini taminladi. Turkmanistonning darvozaboni Toshkentdagi o'rtoqlik o'yinida darvozasini yaxshi qo'riqlagandi. Bugun imkoniyatlardan foydalandik. 

Albatta men uchun birinchi Osiyo chempionati. Ammo bu menga hech qanday hayajon yoki ortiqcha bosim tug'dirgani yo'q. Bunday turnirlarda zavqlanib to'p tepishni istayman. Har bir musobaqada ko'plab golar urishim kerak. Osiyo chempionatida to'purar bo'lish katta baxt. Chempionlik va maqsadimiz sari yo'l bugundan boshlandi",- deydi Akbar Usmonov. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia