

"Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi 16 avgust kuni, 20:00da boshlanadi.
"Yillar o'tgani sayin Angliya Premer-ligasi saviyasi o'sib bormoqda. Yozda ko'plab jamoalar o'z tarkibini kuchaytirib oldi va biz endi faqat birgina raqibga qarshi kurashmaymiz. "Chelsi"ni chempionlik uchun kurashdagi yagona raqib deb o'ylash bu xato, sovrin uchun bir nechta klub kurash olib boradi, har bir jamoaning kuchli tomoni va takrorlanmas o'yin uslubi bor.
Asosiy tarkibda bo'lishim noaniq. Iloji boricha tezroq optimal formamni tiklamoqchiman, ammo Amerika Kubogidagi ishtirokim mavsumga tayyorgarlik vaqtini qisqartirdi. Mavsum endi boshlandi va men uchun asosiysi formaga qaytish, ammo tavakkal bilan emas" - deydi Aguero.



