Aguero: "Messi bilan do'stlik maydonda tugaydi, ikkalamiz ham g'alabani xohlaymiz"

Aslanov Jasurbek
24 fev 2015, 11:33
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero maydonda Lionel Messi bilan do'stlik tugashi haqida ta'kidladi.

"Maydonda do'stlik bo'lmasligi aniq. Ikkalamiz ham o'z jamoamiz uchun foyda keltirishga e'tibor qaratganmiz. Bu "Manchester Siti" o'tgan mavsumdagi jamoadan farq qiladi. Raqib haqida ham shunday deyish mumkin. Ikkala jamoa ham yangi futbolchilar bilan kuchaygan. Ikkala o'yin ham qiziq bo'lishi aniq" - deydi Aguero.



Diqqat! FIFA.UZ saytida OCHL guruh bosqichi uchun jamoa tuzib musobaqaning rasmiy to'pini yutib olish mumkin! Jamoa tuzishga o'tish.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com