Aguero JCH-2022da Argentinaga murabbiy sifatida yordam bermoqchi

Aziz Tukhtamuradov
19 fev 2022, 09:32
33 yoshli argentinalik sobiq futbolchi Qatarda o'tkaziladigan jahon chempionatida o'z yurti terma jamoasiga murabbiy sifatida yordam bermoqchi.

"Qatardagi jahon chempionatiga boraman. Bu hafta bizda uchrashuv bo'ladi. U yerda men ham bo'lmoqchiman. Murabbiylar shtabiga qo'shilishga tayyorman. Biz bosh murabbiy Lionel Skaloni bilan suhbatlashdik. Shuningdek futbol federatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia bilan ham. Biz buni sinab ko'rishimiz kerak. 

Men u yerda bo'lishni istayman, ammo qanday rolda? Agar jahon chempionatiga borsam yigitlar bilan birga bo'laman, ular bilan shug'ullanaman. Bu muammo emas. Men ularning yonida bo'lib, ularga motivaciya bermoqchiman", - dedi Aguero.

Eslatib o'tamiz, Aguero yuragi bilan bog'liq muammolar sabab futbolchilik faoliyatini erta yakunlagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal