Aguero: "Hozirgi "Manchester Siti" - Chempionlar ligasida g'olib bo'ladigan darajada emas"

Aslanov Jasurbek
18 may 2016, 15:53
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroning fikricha, jamoaga Xosep Gvardiolaning kelishi "shaharliklar"ga Chempionlar ligasini yutishda yordam berishi mumkin.

"Chempionlar ligasi - klub transfer va yaxshi murabbiyga katta pul sarflashining sababidir. Pep klubga ko'nikib, qanday o'ynashimizni hal qilishiga umid qilamiz. Kelasi mavsumda ko'prog'iga erishishimiz kerakligi aniq.

Messi menga Gvardiola o'z ishi bilan hayron qoldirishini aytgan edi. Boshqalardan ham shuni eshitdim. Hozircha u bilan shaxsan tanish emasman, ammo Amerika Kubogi yakunlanishini kutyapman. Ko'ramiz keyin nima bo'lar ekan. O'ylashimcha, Xosep - futbolchilarga ta’sir qila oladigan murabbiy, bu esa bizga juda kerak. Uning kelishi nafaqat menga, balki butun jamoa uchun ijobiy holat.

Joriy yilda biz Chempionlar ligasida ko'plab yaxshi o'yinlar o'tkazdik va yarim finalga qadar yetib bordik. "Siti" - ajoyib jamoa, ammo hozir Chempionlar ligasida g'olib bo'ladigan darajada emasmiz" - deydi Aguero.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Four-Four-Two