Aguero Gvardiolaning yordamchisiga: “Ular menga oshirmayapti!”

Eldor Akmurzayev
17 mar 2021, 19:30
“Man Siti” forvardi Serxio Aguero YCHL 1/8 finali doirasida o'tgan “Borussiya M”ga qarshi bahsda jamoadoshlarining harakatidan norozi bo'ldi.

Hujumchi 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 16 daqiqa o'ynadi. Uchrashuv tugashi bilan esa Serxio Pep Gvardiolaning assistentiga: “Ular menga oshirmayapti!”, degan.

Argentinalikning jamoa bilan shartnomasi joriy yil yozida tugaydi va yangi bitim hozircha imzolanmagan. Avvalroq, 32 yoshli futbolchi bilan “Barselona” qiziqayotgani aytilgan edi.

U joriy mavsum APLda 8 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN