AGMK "Shabab Al Ahli"ga qarshi o'yinga tayyor - jamoa mashg'ulotidan maxsus galereya

Aslanov Jasurbek
24 apr 2021, 04:40
Saytimiz fotomuxbiri Jahongir Fayzullaev Ar-Riyodda Osiyo chempionlar ligasi guruh o'yinlarini o'tkazayotgan AGMK jamoasining "Shabab Al Ahli"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazgan rasmiy mashg'ulotidan tayyorlagan fotoreportajini e'tiboringizga havola qilamiz.




















Foto: Jahongir Fayzullaev.


AGMK jamoasi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Zafar Polvonov bugungi mashg'ulotda ishtirok etgan. Xususan AGMK jamoasining telegramdagi kanali rasmiy mashg'ulot va o'yinoldi ma'lumotlar haqida quyida bo'lishdi:

Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi "Shabab Al Ahli"ga qarshi o'yinga ko'tarinki ruhda tayyorgarlik olib bordi. 

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 21:00da mashg'ulot o'tkazgan jamoamiz taktik va texnik taraflama ishladi. Shuningdek, o'tgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan hujumchi Zafar Polvonov bugungi mashg'ulotda qatnashdi.

"Shabab Al Ahli"ga qarshi kechgan birinchi davra doirasidagi o'yinda AGMK ajoyib kambekni amalga oshirib, Jokich va Komilovning gollari evaziga OCHL guruh bosqichidagi ilk g'alabani tantana qilgandi.

OFK bo'lajak uchrashuv rasmiylarini e'lon qildi. Unga ko'ra, "Shabab Al Ahli"ga qarshi kechadigan ikkinchi bellashuvni eski tanish hakam iroqlik Sabah Al-Qaysi boshqaradi. Eslatib o'tamiz, mazkur hakam jamoamizning pley-off bosqichidagi "Al Garafa"ga qarshi o'yinimizda ham ishlagandi. Sabah Al-Qaysi uchun bo'lajak bahs jamoamiz ishtrokidagi ikkinchi o'yinga aylanadi.

OCHL-2021 guruh bosqichi.

"A" guruhi, 4-tur.

24 aprel, shanba.

"Shabab Al Ahli" - AGMK (23:59)

Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.

Hakamlar: Sabah Al-Qaysi (Iroq), Hayder Ali Ubaydee (Iroq), Amir Davud Alvindavi (Iroq), Ali Shaban (Kuvayt).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia