Agent: "MYU va "Tottenxem" Rokega "Barsa"dan ham ko'p pul taklif qilgandi"

Aziz Tukhtamuradov
13 iyul 2023, 10:00
Vitor Rokening agenti Andre Kuri futbolchiga APL klublaridan ham qiziqish bo'lganligi haqida aytdi.

"Shuni aytishim mumkinki, ingliz jamoalari ushbu transferga halal berishga urinishdi. 

"Tottenxem" va "Manchester Yunayted" "Barselona"dan ham qiziqroq taklif bergandi. Bu summa 100 million evroga yaqin edi. 

Ammo Vitor faqatgina "Barselona"ga o'tishni istadi, uning fikrini o'zgartirishga imkon bo'lmadi", – dedi agent.

Eslatib o'tamiz, kecha Roke "Barselona" futbolchisiga aylangani rasman e'lon qilindi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano