Agent: "Chex "Arsenal"ning taklifini o'ylab ko'rgan bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
23 dek 2014, 10:00
"Chelsi" posboni Petr Chex katta ehtimol bilan yanvar oyida klubni tark etmaydi.
"Chexning qishda boshqa klubga ketish ehtimoli juda past. Mourinyo Petr jamoaga sovrinlar yutishida yordam berishini istamoqda. "Arsenal"ga kelsak, mijozim "kanonirlar"ning taklifini o'ylab ko'rgan bo'lardi.

"Liverpul"dagilar Chex yozda muzokaralarga tayyor bo'lishini bilishadi. Oldinroq biz  "Real" bilan aloqada edik, biroq bu tarixda qoldi", - deydi futbolchining agenti Viktor Kolar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru