Agent: “Beyl qolgan umri uchun etarlicha mablag' yig'ib bo'lgan”

Eldor Akmurzayev
17 fev 2021, 20:32
Hozirda ijara asosida “Tottenxem”da o'ynayotgan “Real” vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi haqida gapirdi.

“Uning (Londondagi) faoliyati yakunlanib bormoqda. Buni Mourinyudan so'rashingiz kerak (Beyl nega o'ynamayotgani haqida).

Beyl bilan nima sodir bo'lganligi haqida so'rashganida … U xorijda britaniyalik boshqa futbolchilarga qaraganda ko'proq sovrin yutgan. Moliyaviy tomondan esa unda barchasi juda zo'r, u qolgan umri uchun etarlicha mablag' yig'ib bo'lgan”, deydi agent.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football.London