Agent: "Aslida Moura "Manchester Yunayted"ga o'tishi kerak edi"

Mirjalol Normatov
10 may 2019
"Tottenxem" futbolchisi Lukas Mouraning agenti Vagner Ribeyroning aytishiga ko'ra, xavbek "Manchester Yunayted"ga o'tishi kerak bo'lgan.

"Bir necha yillar oldin Mourinyo Mourani "Real"ga olib o'tmoqchi bo'lgandi. O'sha vaqtlarda portugaliyalik mutaxassis Lukasning o'yinini doimo kuzatib borardi. Keyinchalik u PSJda o'ynayotgan Mourani "Manchester Yunayted"ga olib o'tishga qattiq harakat qildi. Biroq transfer kichik sabablarga ko'ra amalga oshmagandi", - dedi agent.

Moura 25 million evro evaziga "Tottenxem"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN