Agar "Real" yoki "Barsa"dan taklif bo'lsa, Mane "Liverpul"dan ketishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
10 fev 2022, 07:28
Yarim himoyachi Sadio Mane "Liverpul"dan ketish variantlarini ko'rmoqda.

Goal.com nashri xabariga ko'ra, futbolchi agar "Real" yoki "Barselona"dan taklif oladigan bo'lsa ingliz klubini tark etishga tayyor. Mane bu bo'yicha agentlariga ham aytib o'tgan. Ushbu klublardan birida o'ynash - uning bolalikdagi orzusi hisoblanadi. 

Manening "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan. Klub Sadioning ketishidan pul ishlab olmoqchi bo'lsa, shu yozda uni sotishi yoki shartnomani uzaytirishi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com