Agar Beyl maydonga tushsa, Uels terma jamoasi xitoyliklardan 1 mln. funt oladi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 14:38
22 mart kuni Uels va Xitoy terma jamoalari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar ushbu bahsda "Real" forvardi Garet Beyl ham ishtirok etsa Xitoy futbol federatsiyasi uelsliklar hisobiga 1 mln. funt o'tkazib beradi. Agar hujumchi maydonga tushmasa, mablag' 100 ming funtga kamayadi. "Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi bu o'yinda qatnashmasa Uels yana 50 ming funt kam pul oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail