Agar "Barsa" Messini bepul qo'yib yuborishni xohlamasa, Leo rahbariyatga takroriy faks yuboradi

Alisher
26 avg 2020, 16:20
"Barselona" sardori Lionel Messi klubdan ketishga qattiq ahd qilgan.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchi klub rahbariyati o'yinchini saqlab qolish istagida davom etsa va uni bepul qo'yib yuborishdan bosh tortsa, Messi transfer uchun takroriy so'rov yuboradi.

Xabarlarga ko'ra, Messi ketishni aniq xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli argentinalik ispan klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Messi joriy mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 26ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano