Agar 60-70 million evro taklif qilinsa, "Inter" Martinesni sotadi

Alisher
10 may 2022, 17:38
"Inter" agar 60-70 million evro taklif qilinsa, hujumchi Lautaro Martinesni sotadi.

24 yoshli argentinalik "Atletiko"ga emas, "Barselona"ga o'tishni afzal ko'radi.

Qayd etish kerakki, hujumchiga faoliyatini Angliyada davom ettirish qiziq emas.

Martines joriy mavsum "Inter" tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning italyan klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere della Sera