Agamurodovning norasmiy debyuti omadli chiqdi

7 iyun 2020, 22:44
Navoiyning "Qizilqum" klubi Superliganing 4-turiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kuni kecha jamoaga turkmanistonlik Tachmurad Agamurodov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Bugun "Qizilqum" Navoiyda Muborakning "Mashal" klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Muxlislarsiz o'tkazilgan o'yin soat 19:30da boshlandi va mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Bellashuv taqdirini Doniyor Usmonov va navoiyliklarning rossiyalik legioneri Ruslan Margiev tomonidan urilgan gollar hal qildi - 2:0.

"Qizilqum" (Navoiy) 2-0 "Mashal" (Muborak)

"Yoshlar Sport Majmuasi" o'yingohi

Gollar: Ruslan Margiev (1:0),  Doniyor Usmonov (2:0)


foto: "Qizilqum" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia