Afrika Millatlar kubogi 2022 yilga ko'chiriladi

Tolibjon Qosimov
27 may 2020, 13:06
Afrika futbol Konfederatsiyasi yaqin bir hafta ichida qita birinchiligi boshqa muddatga ko'chirilganini e'lon qiladi.

Bu haqda "RMC" portali ma'lumot tarqatdi.

Avvaliga Afrika Millatlar kubogi 2021 yilning yanvar oyida Kamerunda bo'lib o'tishi kerak edi. Endi esa musobaqa 2022 yilning yanvarida o'tkaziladi.

Afrikada COVID-19 virusini yuqtirib olganlar 120 ming nafardan oshib ketdi. 3 yarim mingdan ziyod o'lim holati kuzatildi, 50 mingdan ko'proq odam koronavirusdan tuzaldi.

Afrika Millatlar kubogining amaldagi g'olibi Jazoir terma jamoasi hisoblanadi. Riyad Marez yetakchiligidagi jamoa 2019 yilda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com