Afrika kubogi. Burkina-Faso uchinchi urinni egalladi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2017, 02:30
Afrika millatlar kubogining 3-o'rin uchun kechgan bahsida Burkina-Faso terma jamoasi Gana ustidan g'alabaga erishdi.

Bellashuvning 89-daqiqasida Alen Traore Gana terma jamoasi posboni Ofori qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. Shu tariqa musobaqada uchinchi o'rin Burkina Faso termasiga nasib etdi. Ganaliklar esa 4-o'rin bilan cheklanadigan bo'lishdi.

Afrika millatlar kubogi, 3-o'rin uchun bahs.

Burkina-Faso – Gana – 1:0 (0:0)

Gol: Alen Traore 89.

Burkina-Faso: Koffi, Kone, Yago, Dayo, Kulibali (Malo 83), Al. Traore, Kabore (Gira 88), Nakulma, B. Traore, Ture, Banse (Bayala 73).

Gana: Ofori Antvi, Afful, Mensa, Yadom, Agemang-Badu, Amarti, Parti, Ofori, J. Ayyu (Atsu 75), Tette (Gyan 65), Tekpetey (A. Ayyu 70).

Bosh hakam: Sharif (Jazoir).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia