Afrika kubogi-2017. Jazoir, Misr, Gana va Gabon mezbonlikka da'vogar

Narzulla Saydullayev
25 noya 2014, 13:35
Afrika Konfederatsiyasi Afrika millatlar kubogi-2017ni qabul qilishi mumkin bo'lgan davlatlar nomini e'lon qildi.
3 yildan so'ng bo'lib o'tadigan qita chempionati Jazoir, Misr, Gana yoki Gabon mamlakatlaridan birida o'tadi.

Keniya, Sudan va Zimbabvening arizalari esa talablarga javob bermagani uchun rad qilindi.

Eslatib o'tamiz, Afrika kubogi-2015 yanvar oyida Ekvatorial Gvineyada bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru