Adeyemi "Barselona"ga rad javobini berdi

Sherzod Nurmatov
7 dek 2021, 19:51
Germaniyalik Bundesligaga o'tishni istamoqda.

"RB Zalcburg" forvardi Karim Adeyemi "Barselona" taklifini rad qildi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tib, faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirish niyatida. Tomonlar shartnoma borasida muzokaralar olib borishmoqda.

19 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 26 o'yinda 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany