Abduqodir Husanovga A Seriya grandlari qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2024, 14:23
Bir necha kun oldin APL klublari "Lans" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Endi Husanovga A Seriya grandlari ko'z tika boshlashdi. "Yuventus", "Inter" va "Napoli" himoyachini ilib ketish uchun ishga kirishishgan. Ushbu transferni amalga oshirish uchun mashhur agent Jorje Mendesh ham aralashgan. Transfer 25 mln. evroga baholanmoqda.

Futbolchining otasi va agenti ushbu transfer bo'yicha bugun Toshkentdan uchib ketishdi. Transferga oid dastlabki ma'lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia