

Turkiya klubi hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Shveytsariyaning "Son" klubida davom ettiradi. Bu haqda "Adana" rasmiy sayti xabar berdi. Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi 2,6 million evroga sotildi.
Balotelli joriy mavsum Turkiya Superligasida 2 ta o'yin o'tkazib, gol ura olmadi. Bungacha hujumchi "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul", "Nicca", "Marsel" kabi nomdor klublarda to'p tepgan.
U uch marta Italiya chempioni, bir marta Angliya chempioni bo'lgan. Italiya terma jamoasi tarkibida 2012 yilgi Yevropa chempionatida kumush medalini qo'lga kiritgan.



