Kech tushib, ishdan qaytayotganingizda bu maydonlarda javlon urib futbol o'ynayotganlarni ham, chetda turgancha navbat kutayotganlarni ham ko'rishingiz mumkin. Turli viloyat, tuman va qishloqlarda qurilayotgan bu maydonlar ko'zni quvontiradi, albatta. Ish vaqti yakunlangach, do'stlar, oshna-og'aynilar bilan chiqib, bir soat-yarim soat to'p surish - kishi zavqini oshirish barobarida sog'lom turmush tarzini mustahkamlashga ham hissa qo'shishi tayin. Ammo har narsada bo'lgani kabi bunda ham bir jihatga e'tibor qaratish kerak - meyorga.
Aynan shu meyorga amal qilmaslik oqibatida sport bilan shug'ullanish orqali saloamatlikka naf keltirish o'rniga jarohatlanish hech gap emas. Futbolga havas qilib, necha yillar yugurmagandan so'ng Bir o'ynab qo'yaylik qabilida maydonga tushib, tanasini zo'riqtirib qo'ygan, jarohatlanganlar orasida aytaylik, tanishlarimiz ham bor. Kim futbol o'ynamasin, birinchi va ikkinchi o'yinlardan so'ng kamida ikki kun oyoqlari zirqirab, tanasi og'rib yuradi. Bu borada ma'lumot va maslahat olish uchun O'zbekiston milliy jamoasi shifokori Abror Pirrievni Interfutbol gazetasi muxbirlari suhbatga tortdi. Ushbu intervyuni e'tiboringizga havola etamiz.
FUTBOL O'YNANG - DADIL BO'LING!
- Hozirda futbol o'ynashni havas qilib, birdan maydonga tushgancha, tanasini zo'riqtirib qo'yganlar ko'p uchraydi. Shifokor sifatida bunday insonlarga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?
- Futbol o'ynashdan oldin bir narsaga ahamiyat qaratish kerak. Ko'pincha ancha vaqtdan buyon jismoniy mashqlar bajarmagan va hali tanasini chiniqtirmagan insonlar ham birdan futbolni boshlab yuboradilar va jarohatlanadilar. Futbol o'ynashni havas qilganlar bir narsani bilib olishlari kerak - professional sportchilar bilan tenglashib bo'lmaydi. Ularning kasbi shu va tanalari ham 90 daqiqa to'p surish uchun moslashgan bo'ladi. Kun davomida ofis yoki do'konda o'tirib, keyin maydonda birdaniga 1,5-2 soat o'ynash mumkin emas. Bunday holatda tana zo'riqishi, jarohatlanish ehtimoli oshadi. Shuning uchun meyorni bilish lozim. Ko'pchilik birinchi o'yinidayoq hisobga ahamiyat qaratadi va g'alaba qozonish uchun jon-jahdi bilan soatlab yuguradi. Professional futbolchi 90 daqiqa o'ynaydi-ku qabilida o'ylab, boshqalar ham shunday qilishlari shart emas. Futbol o'ynashni endi boshlagan insonlar o'yindagi hisob emas, tana imkoniyatlariga qarab to'p surishlari kerak. Ortiqcha yugurish va zo'riqish oqibatida futbol maydonidagi g'alaba organizmingiz uchun mag'lubiyat bo'lib qolishi hech gap emas.
- Maydonga tushish oldidan nimalarga e'tibor berish lozim?
- Futbol - kun davomida aqliy mehnat bilan shug'ullangan kishilar uchun hordiq olishning eng yaxshi yo'llaridan biri. Aynan shu sababga ko'ra, bugungi kunda havaskor futbolchilar ko'payib bormoqda va bu juda yaxshi holat. Futboldan tashqari, voleybol yoki basketbol bilan ham shug'ullanish mumkin. Ammo har doim bir narsaga e'tibor berish kerak, hech qachon birdaniga to'pga tashlanish yaxshilikka olib kelmaydi. Sport maydoniga yetib kelgach, eng avvalo, chigalyozdi mashqlarini bajarish lozim. Jismoniy zo'riqishga o'rganmagan mushaklar birdan og'ir ishni bajarsa, shikastlanishi aniq. Shuning uchun maydonga tushib biroz yugurib olgach, imkon qadar tanadagi har bir mushak uchun mo'ljallangan chigalyozdi mashqlarini bajarish maqsadga muvofiq. Kamida 10 daqiqa davomida shunday mashqlarni bajargach, sekin-astalik bilan to'p tepishga o'tish mumkin. To'p bilan olib boriladigan mashqlarni ham 5-10 daqiqa bajarish tavsiya etiladi. Shundan so'ng futbol o'yiniga kirishsa bo'ladi. Ammo bu bilan soatlab to'p tepish mumkin, demoqchi emasman. Boshlovchi futbolchilar uchun 15 daqiqadan ikki bo'lim o'ynash kifoya qiladi. Keyinchalik o'yin vaqtini oshirib borish mumkin.
- Zo'riqish natijasida o'zini urintirib qo'yganlarga nimalarni tavsiya etasiz?
- Bu o'rinda jarohat holatini inobatga olish zarur. Agar jiddiyroq bo'lsa, albatta, shifokor ko'rigiga borish lozim bo'ladi. Bazi holatlarda hatto rentgenga tushishga to'g'ri keladi. Chunki har qanday holatlar ro'y berishi mumkin. Futbol - jarohatlarga moyil o'yin. Ehtiyotkorona harakat qilish talab etiladi. Qaltis bir qadam tashlab qo'ysangiz ham, oqibati og'ir bo'lishi xavfi bor. Agar chiniqmagan tana biroz zo'riqtirib qo'yilgan bo'lsa, ozgina dam berish orqali shikastlangan joyni o'ziga keltirish mumkin. Oradan ma'lum fursat o'tgach, mushak va paylardagi og'riq o'tib ketadi. Shundan so'ng futbol o'ynash oldidan ehtiyot bo'lish va chigalyozdi mashqlariga katta e'tibor qaratish shart. Hech qachon birdan futbol o'ynab kyetib bo'lmaydi. Hatto yillar davomida futbol o'ynab yurgan kishi ham avval chigilyozdi mashqlarini o'tashi shart.
TONGDA YUGURSAMMIKAN, YOKI TUNDA?
- Sport bilan shug'ullana boshlagan yoshlar ko'pincha yugurish mashqlariga zo'r beradilar. Ular orasida mashg'ulotlarni ertalab tongda olib borish lozimligini aytadiganlar ham, kechki vaqt yugurishni maqul ko'radiganlar ham bor. Medicina nuqtayi-nazaridan qaraganda, qay biri afzal?
- Barchasi tananing funkcional holatiga bog'liq. Masalan, yillar davomida nahorda yugurib o'rgangan, tanasini shunga moslagan insonlar bor va ularga nisbatan taqiq qo'yib bo'lmaydi. Ammo endi sport bilan shug'ullana boshlaganlar uchun mashg'ulotlar vaqti sifatida erta tongdan ko'ra, tushdan keyingi vaqtni tavsiya qilgan bo'lardim.
- Bunga sabab nimada?
- Juda oddiy, ertalab kishi organizmi hali mudroq holatda bo'ladi. To'liq uyg'onib olmagunga qadar jismoniy zo'riqishga berilish yaxshi emas. Tushdan so'ng esa organizm batamom ishga tushib ketadi va bemalol mashq o'tash mumkin.
YUGURGANDAN YURGAN YAXSHI!
- Bazan yoshi katta insonlar ham sport bilan shug'ullanishni istab qoladilar. O'z sog'ligini sport orqali yaxshilashni niyat qilgan bunday insonlarga ham maslahat bersangiz...
- Shu joyda yaqinda olib borilgan tibbiy tadqiqot xulosasini keltirib o'taman. Aslida inson sog'ligi uchun yugurish emas, balki yurish eng foydali mashg'ulot hisoblanadi. Ayniqsa, yoshi 40dan oshgan kishilar uchun birdan jiddiy tarzda sport bilan shug'ullanish foyda o'rniga zarar keltirishi mumkin. Xususan, agar biror xastalikdan so'ng o'ziga kelib olish uchun sport bilan shug'ullanishni maqsad qilgan bo'lsa xatarli. Kishi organizmi uchun xastalikdan so'ng tiklanish vaqtida sayrdan foydaliroq narsa yo'q. Yaxshi bilasiz, yirik shaharlar markazlarida ham katta maydonga ega xiyobonlar bor. Bunday maskanlar bekorga qurilmaydi. Aynan shunday go'shalarda yurish orqali inson o'z salomatligini yaxshilashi mumkin. Gullar, daraxtlar, yashillik, toza havo, manzara kishi ruhiyatiga ham, jismoniy holatiga ham yaxshi ta’sir ko'rsatadi. Tibbiy xulosalar shuni ko'rsatmoqdaki, yugurishdan ko'ra, yurish kishi organizmi uchun foydaliroq. Yurish orqali yurak, qon-tomir, ichki organlar faoliyati yaxshilanadi. Shuning uchun gazeta o'quvchilariga ko'proq sayr qilishlarini maslahat beraman.
- Yosh o'tgan sari jismoniy zo'riqishdan ehtiyot bo'lish kerak, demoqchimisiz?
- Agar shakllangan, chiniqqan organizm bo'lsa, zo'riqishlardan qochmaslik mumkin. Ammo hali sport bilan mutlaqo shug'ullanmagan kimsalarning ehtiyot bo'lishlari maqsadga muvofiq. Albatta, bu bilan ularni umuman sportdan chetlab qo'ymoqchi emasmiz. Shunchaki, o'zlariga qarab, shoshmasdan ishlarini bajarsalar yaxshi bo'ladi. Biror muammo tug'ilgan taqdirda, darhol shifokor bilan maslahatlashlari shart.
OVQATLANISH HAQIDA
- Ovqatlanish tartibi haqida nima deysiz? Sport bilan shug'ullangan inson qanday taomlanishi kerak?
- Nafaqat sport bilan shug'ullanganda, balki har doim ham bitta oltin qoidaga amal qilish lozim. Yaxshi bilamizki, bizning ovqatlanish tizimimiz asosan uch qismga bo'lingan - nonushta, tushlik va kechki ovqat. Yana shunga e'tibor qaratish lozim, bizning mentalitetimizda nonushta va tushlikdan ko'ra, kechki ovqatga ko'proq urg'u beriladi. Shu odatimiz yaxshi emas. Aslida kun davomida taomlanishimizni foizlar misolida taqsimlab chiqsak, nonushtada 25-30, tushlikda 40-50, kechki ovqat mahali esa yana 25-30 foiz ovqatni istemol qilishimiz lozim. Buning o'rniga biz bazan kechki ovqat mahali deyarli 60 foiz taom eb olamiz. Uyquga yotish oldidan bunday ovqatlanish yaxshilikka olib kelmaydi.
- Futbol o'yinidan qancha muddat oldin taomlanib olish maqsadga muvofiq?
- Professional futbolda uchrashuv boshlanishiga kamida 4 soat qolganida, ovqatlaniladi. Tushki ovqat bilan futbol uchrashuvi orasida 4-5 soatlik tafovut bo'ladi. Bu vaqt ichida istemol qilingan taom to'liq hazm bo'lib, o'yin davomida ortiqcha qiyinchilik tug'dirmaydi. Aks holda, maydonga tushgan futbolchi oshqozonidagi og'irlikdan bo'g'riqib, kekirib, charchab ketadi. Buning oqibatida jig'ildon qaynashi va boshqa xastaliklar kelib chiqadi.
- Bazilarning aytishlaricha, och qoringa ham futbol o'ynab bo'lmaydi, shuning uchun o'yin boshlanishiga ikki soat qolganida, ovqatlanib olish mumkin ekan...
- Yo'q, futbol o'yinidan kamida 4 soat oldin ovqatlanish lozim. To'g'ri, havaskor futbolchilar o'yin boshlanishiga 2 soat qolganida, engil tamaddi qilib olishlari mumkin. Bunda nimani nazarda tutmoqdaman - qahva yoki choy va pechene. Ortiqcha narsa kerak emas. Yoki mevalardan tanovul qilish zarar qilmaydi. Agar siz ishdan chiqib, do'stlaringiz bilan futbol o'ynashga kelishib olgan bo'lsangiz, engilgina tanovul qilib olishingiz va ikki soatdan so'ng maydonga tushib, to'p tepishingiz mumkin. Ammo zinhor choyxona palovdan so'ng futbol o'ynashni odat qilmang!
- Shunday bo'ladiki, ishdan chiqib, futbol o'ynagach, vaqt allamahalga boradi va uyga qaytgach, kechki ovqat eyishga to'g'ri keladi...
- Bu ham yaxshi odat emas. Agar vaqt juda kech bo'lib ketsa, ovqat o'rniga engil tamaddi bilan cheklanish shart! Sut, qatiq, meva-cheva, tarvuz - mana shular bilan engil taomlanish kifoya qiladi. Aks holda, siz futbol o'ynab sog'ligingizni mustahkamlash o'rniga unga putur etkazasiz. Kechki soat 22:00da to'yib ovqatlangan odam oradan ikki soat o'tar-o'tmas uxlashga yotadi. Tabiiyki, bunday holatda kishida oshqozon-ichak kasalliklari, semirishga moyillik boshlanadi. Keyin, ovqatlanib uxlagan kishining uyqusi ham yaxshi bo'lmaydi. Aloq-chaloq tushlar ko'radi, dam olmasdan, tunni qiynalib o'tkazadi. Bunday holat esa kishi ruhiyatiga ham ta’sir o'tkazishi turgan gap.
- Bunday asoratlardan saqlanish uchun nimaga e'tibor qaratish kerak?
- Yaxshi kun tartibini tuzib olish kifoya. Masalan, siz haftasiga ikki yoki uch kun futbol o'ynab turasiz. O'sha kunlarni o'zingizga maqul keladigan holatda rejalashtiring. Ishga soat nechada borasiz, qachon tushlik qilasiz, qay vaqt futbol o'ynaysiz va kechki ovqatga nimalarni istemol qilasiz - barchasi qatiy grafik ostida tursa, sport sog'ligingiz garovi bo'lishi ta-yin.
TERMA JAMOA
- Abror aka, terma jamoa shifokori ekansiz, tabiiyki, bevosita kasbingizga aloqador savollar ham beriladi. Aytingchi, Aziz Haydarov nima sababdan Iordaniyaga qarshi kechgan uchrashuvlarda maydonga tusholmadi?
- Aziz terma jamoa yig'iniga birinchilardan bo'lib yetib kelgandi aslida. Ammo kelgan vaqtidayoq tizzasida jarohat bor edi. Bu haqda Al-Shabab klubi tibbiyot xizmatidan tegishli hujjat va tibbiy xulosalar ham olib kelindi. Shularga asoslangan holda biz ham uni tibbiy ko'rik o'tkazdik. Natijada haqiqatan ham, jarohati borligini aniqladik va uni safarda o'tgan uchrashuvda maydonga tushmasligi haqida kelishib oldik. Lekin Azizning Toshkentda o'tgan uchrashuvda maydonga tushishiga umid qilayotgandik, aksiga olib, u shamollab qoldi. Issiq o'lkadan kelgani tufayli salqin iqlimga moslashishda qiyinchilikka uchradi, shekilli. Xullas, endi jarohatdan tuzalgan futbolchini maydonga tushirib, tavakkal qilishni istamadik. Chunki jarohatlangan mushaklar gripp natijasida tiklanishga ulgurolmay qoladi va arzimagan to'qnashuv ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shularni hisobga olgan holda Haydarovni asrashga qaror qildik.
- Ammo u oradan 3-4 kun o'tgach, Al-Shabab tarkibida maydonga tushdi...
- Boya aytganimdek, Haydarov Toshkentda kechgan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin edi, ammo grippga uchragani bunga xalal berdi. O'z klubiga qaytib borgach, shamollashi tuzalib, maydonga tushishga tayyor bo'lgan va uni tarkibga kiritishgan. Buning ajablanarli joyi yo'q. Agar Iordaniyaga qarshi o'yin sal keyinroq o'tkazilganida, Aziz milliy jamoa safida ham o'ynardi, ehtimol...
- O'zbekiston terma jamoasi shu oy Vetnamga qarshi o'yin o'tkazadi. Tarkibda jarohatlanganlar yo'qmi?
- Bu haqda hozircha hech narsa deyolmayman. Qachonki, tarkib yig'ilsa, futbolchilarning holatlarini ko'rgachgina bu savolga bafurja javob berishim mumkin.
Zafar QOSIMOV suhbatlashdi