

"Mourinyu - ajoyib murabbiy. Albatta, barcha jamoalar uni xohlaydi. Portugaliya terma jamoasi qiziqishi doirasida bo'lish katta sharafdir. Murabbiyning hozirda "Roma"ga e'tibor qaratganiga ishonchim komil.
Biz ko'plab turli ma'lumotlarni o'qidik, ammo buni Mourinyu bilan muhokama qilmadik. U bizga yaxshilanish uchun yordam berishga doim tayyor, biz mavsumning ikkinchi qismiga e'tibor qaratganmiz. Mourinyu - menga kerak bo'lgan murabbiy", - deydi Abraxam.
Eslatib o'tamiz, "Roma" A Seriyada joriy mavsumda 27 ochko jamg'argan holda, jadvalda ettinchi o'rinda bormoqda.



