Abramovich Isroil fuqaroligini oldi, endi u Tel-Avivda yashaydi

Aziz Tukhtamuradov
28 may 2018, 23:59
Londonning “Chelsi” klubi xo'jayini Roman Abramovich Isroil fuqaroligini oldi.

Rossiyalik 51 yoshli milliarder Buyuk Britaniyada vizani uzaytirish bilan bog'liq muammoga duch kelgan edi. Bugun Abramovich shaxsiy samolyotida Isroilning Tel-Aviv shahridagi Ben-Gurion aeroportiga kelib qo'ngan. 

Abramovich Isroil fuqaroligi pasportini oldi va endi Tel-Avivning Neve-Cedek tumanida yashaydi. Dunyo milliarderlari ro'yxatida 13-o'rinni egallab turgan va moliyaviy holati 10 milliard dollarga baholangan Abramovichga Isroil banklarida hisob raqami ochishga ruxsat berishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif