

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" xo'jayini Roman Abramovich Edenni "Stemford Brij"ga qaytarishga tayyor.
Madriddagi faoliyatining muvaffaqiyatsizligi tufayli Azarning narxi ancha tushib ketdi, hozirda u 40 million evroga baholanmoqda. Bu miqdor "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresni qanoatlantirmaydi, u ikki yil oldin belgiyalik futbolchi uchun 100 millionga yaqin pul to'lagan.
Edenning Madrid grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.



