Abduqodir Husanov nima uchun 45-raqamni tanlaganini aytdi

Iskandarov Abdulaziz
21 yanv 2025, 10:20
O'zbek futbolining yorqin voqeasi shubhasiz Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi bo'ldi.

Futbolchimiz yangi jamoasida 45-raqam ostida to'p tepishi aniq bo'lib ulgurgan edi. U nima uchun bu raqamni tanlaganini klub mediasiga bergan intervyusida aytib o'tdi. 

"Professional futbolni Belarusda 45-raqamda boshlaganman. Shuning uchun mazkur raqamni tanladim. Eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi jamoa, eng yaxshi chempionatga keldim",- deydi Husanov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia