Abdulloh Al Idrissi: O'zbekistonga qarshi qiyin o'yin bo'ladi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 19:41
O'smirlar o'rtasidagi JCH-2013 ikkinchi turi doirasidagi O'zbekiston - Marokash uchrashuvidan oldin odatga ko'ra matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda Marokash o'smirlar terma jamoasi ustozi Abdulloh Al Idrissi hamda jamoa sardori Nabil Jaadi ishtirok etdi.

“Ikkinchi o'yin qiyin bo'ladi, O'zbekiston Osiyo chempioni sifatida mundialda qatnashyapti. O'zbekistonning Panamaga qarshi kechgan o'yinini ko'rib chiqdik. Jamoa yaxshi o'yin namoyish etdi”, - deydi Abdulloh Al Idrissi kirish so'zida.

- Fujayra haqida nima deya olasiz? Shahar sizga yoqdimi?
- Biz arabmizku, shu sababli barchasi odatiy.

- Marokash terma jamoasining zaxirasida o'yinni kuchaytira oladigan futbolchilar etarlicha, 1-turdan kelib chiqib o'zgarish bo'ladimi?
- Ikkinchi o'yinga kim tayyor bo'lsa o'sha tushadi. Asosiy tarkibda o'sha kun uchun eng yaxshi bo'lgan 11 nafar futbolchi maydonga chiqadi.

- Dastlabki turda Xorvatiya taslim qilindi. O'sha o'yindan keyin futbolchilarda havolanib ketish bo'lmadimi?
- Yo'q, chunki u o'yin tarixdan joy oldi va biz ertangi o'yinga tayyorgalik ko'rishimiz kerak. Buni futbolchilar ham, men ham yaxshi tushunib turbmiz. Barchamiz vazifamizni professional tarzda bajarishimiz kerak.

- Dastlabki turdagi g'alabadan so'ng sheriklaringizning holati qanday? Xorvatiya ustidan qozonilgan g'alabadan sarmast emasmisizlar?
Nabil Jaadi: - Biz birinchi o'yinda g'alaba qozondik. Endi Xorvatiyaga qarshi o'yinni unutib ikkinchi o'yinga tayyorgarlik ko'rayapmiz.
 

Nodirxo'ja Yuldashev
Fujayra

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia