Abbosbek Fayzullaev SSKAga o'tgani haqida nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 19:54
"Paxtakor"dan SSKAga o'tgan Abbosbek Fayzullaev o'z fikrlarini bildiradi.

"Rossiyaning eng sovrindor klublaridan biri SSKA tarkibiga kelganimdan xursandman. Umid qilamanki, bu yerda o'zimni ko'rsata olaman va yanada yaxshiroq rivojlanaman.

Menga o'ninchi hududda o'ynash ko'proq yoqadi, shuningdek, o'ng va chap qanotda vinger sifatida o'ynay olaman. SSKAning asosiy futbolchisi bo'lishni istayman va jamoaga barcha sovrinlarni yutishida yordam bermoqchiman. 

Hozircha bu yerdan hech kim bilan do'stlashmadim. Ammo Baxtiyor Zaynutdinov bilan tanishman. Tezroq barcha jamoadoshlarim bilan ko'rishib, ular bilan do'stlashib olishni xohlayman", - dedi Fayzullaev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЦСКА матбуот хизмати