A Seriyaning uch top-klubi Keylor Navas uchun raqobat qilmoqda

Alisher
28 yanv 2022
PSJ darvozaboni Keylor Navas faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Parijliklar Janluiji Donnarummani doimiy tarzda asosiy darvozabon qilishni rejalashtirmoqda, shu sabab 35 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlar. Darvozabonga "Yuventus", "Milan" va "Roma" qiziqmoqda.

Darvozabonning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan, Transfermarkt o'yinchini 10 million evroga baholamoqda.

Navas joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes